Wildberries oʻzining ilk besh yulduzli mehmonxonasini ochadi

Wildberries kompaniyasi premium turizm segmentiga kirib bormoqda. Fun&Sun turoperatori bilan hamkorlikda kompaniya WB Travel brendi ostida oʻzining ilk besh yulduzli mehmonxonasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi dam olish maskani 2026-yilning 15-iyulida Turkiyaning Alanya shahrida oʻz eshiklarini ochadi. Mehmonxona «hamma narsa ichida» (all-inclusive) tizimi asosida ishlaydi, biroq unda WB Travel’ning oʻziga xos xizmat koʻrsatish konsepsiyasi joriy etiladi.
Ochilish marosimiga qadar obyekt toʻliq modernizatsiya qilinadi. Xususan, xonalar, umumiy foydalanish zonalari va plyaj infratuzilmasi yangilanib, ovqatlanish hamda servis boʻyicha kompaniyaning xususiy standartlari tatbiq etiladi.
Eslatib oʻtamiz, shu paytga qadar WB Travel faqat toʻrt yulduzli mehmonxonalar segmentida rivojlanib kelayotgan edi. Hozirgi kunda tarmoq tarkibida Turkiyada toʻrtta va Misrda bitta dam olish maskani mavjud.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!