Yevropada GTA 6 uchun oldindan buyurtmalar boshlandi

Hozircha Rockstar kompaniyasi tomonidan rasmiy treyler yoki keng ko‘lamli marketing kampaniyasi o‘tkazilmagan bo‘lsa-da, GTA 6 o‘yini atrofidagi shov-shuvlar kuchaymoqda. Italiyaning Showgame do‘koni PS5 va Xbox Series X konsollari uchun o‘yinni oldindan buyurtma qilish imkoniyatini ochdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, PS5 uchun mo‘ljallangan nusxalar bir necha soat ichida sotilib ketgan. Xbox Series X versiyasi esa biroz ko‘proq vaqt davomida mavjud bo‘lgan, ammo u ham tez orada tugagan. Hozirda ushbu platformalarda o‘yin uchun «xabardor qilish» tugmasi faollashtirilgan.
O‘yinning narxi 70 yevro etib belgilangan, bu esa yirik konsol relizlari uchun odatiy bo‘lgan 80 yevrolik narxdan arzonroqdir. Saytda yetkazib berish sanasi sifatida 2026-yil 19-noyabr ko‘rsatilgan.
Take-Two Interactive rahbari Strauss Zelnick avvalroq Grand Theft Auto VI o‘yini aynan 2026-yil 19-noyabrda sotuvga chiqishini rasman tasdiqlagan edi. O‘yinchilar endilikda kompaniyadan rasmiy e’lon va yangi treylerlarni kutishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!