date

Rossiya tezkor poyezdlarida sunʼiy yoʻldosh interneti joriy etiladi

Rossiya tezkor poyezdlarida sunʼiy yoʻldosh interneti joriy etiladi

Rossiyaning «Sapsan» va «Lastochka» tezkor poyezdlarida sunʼiy yoʻldosh internetini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. Loyiha «Byuro 1440» kompaniyasi tomonidan Rossiya temir yoʻllari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va hozirda amaliy tayyorgarlik bosqichiga oʻtgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi texnologiya past orbitadagi sunʼiy yoʻldoshlarga asoslangan boʻlib, u yuqori tezlikda harakatlanayotgan poyezdlarda ham barqaror va past kechikishli internet aloqasini taʼminlashi kutilmoqda. Maxsus laboratoriya vagonlarida oʻtkazilgan sinovlar uskunaning tebranish va turli ob-havo sharoitlarida samarali ishlashini tasdiqladi.

«Iks xolding» va «Byuro 1440» bosh direktori Aleksey Shelobkovning soʻzlariga koʻra, loyiha doirasida jami 135 ta poyezd jihozlanadi. Internet Moskva — Sankt-Peterburg, Moskva — Nijniy Novgorod, Krasnodar — Sochi va Moskva — Minsk kabi mashhur yoʻnalishlarda foydalanishga topshiriladi.

2026-yil oxiriga qadar yoʻlovchi poyezdlarida keng polosali maʼlumotlar uzatish tizimini sinovdan oʻtkazish rejalashtirilgan. Kelgusida ushbu tizim poyezdlarning konstruksiyasi va raqamli infratuzilmasiga toʻliq integratsiya qilinadi. Mutaxassislar ushbu tizimni SpaceX kompaniyasining Starlink loyihasidan farqli oʻlaroq, oʻziga xos yechim ekanligini taʼkidlashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rossiya tezkor poyezdlarida sunʼiy yoʻldosh interneti joriy etiladi