Rosatom elektromobillar uchun haydovchisiz mobil quvvatlash stansiyasini taqdim etdi

Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi “Innoprom-2024” xalqaro sanoat koʻrgazmasida elektromobillar sanoatida yangi sahifa ochishi kutilayotgan noyob ishlanmani namoyish etdi. Bu — statsionar tarmoqqa bogʻlanmagan, mustaqil harakatlanuvchi mobil elektr quvvatlash stansiyasidir (EQS). Mazkur texnologiya infratuzilma cheklangan hududlarda elektromobillarni quvvatlash muammosini hal qilishga qaratilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Anʼanaviy quvvatlash stansiyalaridan farqli oʻaroq, ushbu mobil qurilma elektr tarmoqlariga doimiy ulanishni talab qilmaydi. U biznes-markazlar, turar joy majmualari, savdo majmualari va yoʻl boʻyi turargohlarining istalgan nuqtasiga operativ yetib borish imkoniyatiga ega. Bu haydovchilarga oʻz avtomobillarini maxsus joyga olib borish emas, balki quvvatlagichni oʻz yonlariga chaqirish imkonini beradi.
Texnik imkoniyatlar va avtonom boshqaruv
Qurilmaning ichki qismiga 105 kW·soat sigʻimga ega energiya jamlagichi oʻrnatilgan boʻli b, u 60 kW gacha boʻIgan maksimal quvvat bilan oʻzgarmas tokda tezkor quvvatlashni taʼminlaydi. ixbt.com maʼIumotiga koʻra, oʻrtacha sigʻimli elektromobil akkumulyatorini bunday stansiya yordamida toʻldirish uchun taxminan 30 daqiqa vaqt kifoya qiladi. Quvvatlash jarayoni yakunlangach, stansiya mustaqil ravishda bazaga qaytadi va oʻz energiyasini tiklaydi.“Rosatom” muhandislari stansiyani toʻliq haydovchisiz harakatlanish tizimi bilan jihozlashgan. U turargoh boʻylab harakatlanish, toʻsiqlarni aylanib oʻtish va avtomobilga aniq yaqinlashish qobiliyatiga ega. Tizim navigatsiyasi hududning raqamli xaritasi, kompyuter koʻrishi, maxsus kameralar, radar va lidar datchiklariga asoslangan.
Eʻtiborli jihati shundaki, qurilma GPS navigatsiya tizimiga bogʻliq emas. Bu esa uni sunʼ'iy yoʻldosh signallari yaxshi yetib bormaydigan yopiq maydonlarda, yer osti avtoturargohlarida va sanoat obʼyeqtlarida samarali ishlatish imkonini beradi. Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida tizimda masofaviy operator nazorati ham koʻzda tutilgan.
Xavfsizlik va istiqbollar
Agar sunʼ'iy intellekt murakkab vaziyatga duch kelsa va uni mustaqil hal qila olmasa, himoyalangan aloqa kanali orqali masofaviy operator boshqaruvni oʻz qoʻllariga olishi mumkin. Ushbu mobil EQS “Rosatomʻning avtonom harakatlanish sohasidagi oʻz xususiy texnologik ishlanmalariga tayanadi, bu esa loyihaning texnik mustaqilligini taʼminlaydi.Oʻzbekiston kabi elektromobillar soni jadal oʻsib borayotgan mamlakatlarda bunday mobil yechimlar katta ahamiyatga ega. Shahar markazlaridagi tirband turargohlarda statsionar quvvatlash stansiyalarini oʻrnatish uchun joy va quvvat yetishmasligi sharoitida, bunday “aqlilli” qurilmalar infratuzilmadagi boʻshliqlarni samarali toʻldirishi mumkin.






























Izohlar 0
…