date

AQSHda 1 MW quvvatga ega Flying Pig vodorod energiya tizimi taqdim etildi

AQSHda 1 MW quvvatga ega Flying Pig vodorod energiya tizimi taqdim etildi

Amerikaning VIVIFY Technology texnologik kompaniyasi Flying Pig (“Uchar cho‘chqa”) deb nomlangan, quvvati 1 MWga teng bo‘lgan konteyner turidagi mobil energiya tizimini rasman e’lon qildi. Ushbu qurilma an’anaviy elektr tarmoqlaridan to‘liq mustaqil va kengaytiriladigan energiya manbai sifatida ishlab chiqilgan. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, modulli arxitektura bir nechta konteynerni yagona zanjirga birlashtirib, generatsiya quvvatini tezkorlik bilan oshirish imkonini beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi tizimning asosiy maqsadli bozorlari sifatida sun’iy intellekt (AI) ma’lumotlar markazlari, chekka hududlardagi sanoat ob’ektlari va tabiiy ofat yuz bergan zonalar ko’rilmoqda. Flying Pig generatori kompaniyaning flagman texnologik platformasi — HOG (Hydrogen Oxygen Generator) asosida loyihalashtirilgan. Tizimning asosiy xususiyati uning yopiq siklda ishlashidir.

Siqilgan yoki suyuqlantirilgan gaz logistikasini talab qiladigan an’anaviy vodorod qurilmalaridan farqli o‘laroq, Flying Pig zavodda taxminan ikki tonna suv bilan to‘ldiriladi. So’ngra ichki Pulsar massivi vodorodni bevosita kerakli joyda ishlab chiqaradi, u esa yuqori samarali ko’p bosqichli turbinalarda yoqilib, bir vaqtning o‘zida elektr energiyasi va issiqlik tarqatadi. Kompaniya bu jarayonni 99 foizga “yashil” deb atamoqda.

VIVIFY Technology bergan ma’lumotlarga ko’ra, besh yillik ekspluatatsiya xarajatlari prognozi Flying Pig markaziy tarmoqqa yoki sanoat dizel generatorlariga bog’langan tizimlardan ancha arzon ekanini ko’rsatmoqda. Uzoq muddatli istiqbolda bunday kengaytiriladigan texnologiyalar koinotni o‘zlashtirish dasturlari doirasida Oy bazalarini energiya bilan ta’minlash tizimlarining asosi bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » AQSHda 1 MW quvvatga ega Flying Pig vodorod energiya tizimi taqdim etildi