11 iyun, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline oldindan to‘lov tizimidagi abonentlarga nol va minus balansida ham aloqada qolish imkoniyatini beradigan to‘rtta xizmat haqida eslatadi.
«Jonli nol» – Beeline ning oldindan to‘lov tizimidagi barcha abonentlar foydalanishi mumkin bo‘lgan xizmat bo‘lib, u hisobda mablag‘ bo‘lmagan taqdirda ham barcha mobil raqamlardan qo‘ng‘iroq va SMS larni qabul qilish imkoniyatini beradi.
«Ishonchli to‘lov» xizmati abonentning so‘roviga binoan kelgusi to‘lov hisobiga qarzga pul mablag‘ini taqdim qiladi. Uning qiymati, so‘rovning muvaffaqiyatli bo‘lishi natijasida, hisobdan ishonchli to‘lovning qiymati bilan birgalikda echiladi. Xizmatning aktivasiyasi uchun 064046 bepul raqamiga qo‘ng‘iroq qilish zarur, bunda hisobda minus $0,2 kam bo‘lmagan va $4,5 dan ortiq bo‘lmagan pul mablag‘i qolishi kerak.
«Avtoto‘lov» xizmati, hisobda bir dollardan kam mablag‘ qolganida, uni avtomatik ravishda to‘ldiradi. Xizmatni ulash bepul. Kod *141*11#. Qiymat 3 kunga taqdim qilinib, $4 ni tashkil qiladi. Har bir qabul qilingan avtoto‘lov uchun abonent hisobidan avtoto‘lov qiymati bilan birgalikda ushbu xizmatning qiymati echib olinadi. «Avtoto‘lov» xizmati «Ishonchli to‘lov» xizmati bilan birgalikda taqdim etilmaydi.
«Menga qo‘ng‘iroq qil» xizmati bilan, qaytib qo‘ng‘iroq qilish so‘rovini yuborgan holda, O‘zbekistondagi uyali operatorlarning har qaysi abonenti bilan hisobda mablag‘ bo‘lmagan taqdirda ham ulanish mumkin. Bir kunlik so‘rovlar miqdori cheklanmagan, lekin faqat 2 ta so‘rov – bepul. Undan keyin so‘rovga tarifikasiya haqidagi SMS keladi. Xizmatga ulanish talab etilmaydi. *145* USSD-buyrug‘ini, mamlakat kodini, abonentning telefon raqamini, # terish etarli. Bunda, abonentning o‘zi «Menga qo‘ng‘iroq qil» so‘rovlarining qabul qilinishini, *145*0# buyrug‘ini tergan holda, taqiqlab qo‘yishi mumkin. Xizmat kompaniya qamrovi zonasining har qanday nuqtasida amal qiladi, shu bilan birga, xalqaro roumingda.
Xizmatlar haqida batafsilroq: www.beeline.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi