MiniMax M3 taqdim etildi: GPT-5.5 va Gemini 3.1 Pro’dan kuchliroq model

Xitoyning MiniMax kompaniyasi oʻzining yangi flagman ishlanmasi — M3 sunʼiy intellekt modelini rasman namoyish etdi. Ushbu model katta hajmdagi maʼlumotlar bilan samarali ishlashga moʻljallangan yangi MiniMax Sparse Attention (MSA) arxitekturasiga asoslangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
MiniMax M3 modeli 1 million tokengacha boʻlgan oʻta uzun kontekst oynasini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu koʻp modalli tizim boʻlib, nafaqat matn, balki tasvir va videolarni ham tahlil qila oladi. Shuningdek, u kompyuter ish stolini boshqarish va murakkab koʻp bosqichli vazifalarni bajarish kabi agentlik ssenariylariga moslashgan.
Kompaniyaning ichki testlariga koʻra, M3 bir qator benchmarklarda yuqori natijalarni qayd etmoqda. Xususan, SWE-Bench Pro testida u GPT-5.5 va Gemini 3.1 Pro modellarini ortda qoldirib, Opus 4.7 darajasiga yaqinlashgan. SVG-grafika yaratishda esa Opus 4.7’dan ham oʻzib ketgan.
Multimodal test hisoblangan OmniDocBench’da tizim Gemini 3.1 Pro’dan ustunligini isbotladi. Agentlik ssenariylari boʻyicha Claw-Eval reytingida esa model eng yaxshi natijalardan birini koʻrsatmoqda. Hozirda yangi modeldan MiniMax Code, API va maxsus tarif rejalari orqali foydalanish imkoniyati ochilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!