Ugandaning 86 yoshli bosh vazir o‘rinbosari yana muhokama markazida

Ugandaning ikkinchi bosh vazir o‘rinbosari, 86 yoshli general Moses Ali mamlakatning eng uzoq vaqt siyosatda qolgan arboblaridan biri hisoblanadi. U harbiy faoliyatini 1968 yilda boshlagan, Idi Amin davrida moliya, ichki ishlar va sport vaziri bo‘lib ishlagan. Keyinchalik prezident Yoveri Musevenining yaqin ittifoqchisiga aylangan.
2026 yil yanvar oyida Moses Ali Adjumani West okrugidan parlamentga qayta saylandi. Uning sog‘lig‘i va yoshi atrofidagi tanqidlarga qaramay, tarafdorlari uni uzoq yillar mamlakatga xizmat qilgan siyosatchi sifatida qo‘llab-quvvatlashdi.
Saylov kampaniyasida Ali ko‘p tadbirlarda shaxsan qatnashmadi, saylovchilarga asosan jamoasi orqali murojaat qildi. Mart oyida uning ommaviy tadbirdan tan soqchilari yordamida chiqib ketayotgani aks etgan tasvirlar tarqaldi. Bu holat Ugandada siyosiy yetakchilik, yosh va salomatlik mavzusidagi bahslarni yana kuchaytirdi.































Izohlar 0
…