Pelening final futbolkasi auksionda deyarli 5 mln dollarga sotildi!

Pelening final futbolkasi auksionda deyarli 5 mln dollarga sotildi!

Pelening 1958 yilda Shvetsiyaga qarshi jahon chempionati finalida kiygan futbolkasi auksionda 4,88 mln dollarga sotildi. Bu narx afsonaviy futbolchiga tegishli kolleksiya buyumlari uchun yangi rekord bo‘ldi.

O‘sha finalda Braziliya Shvetsiyani 5:2 hisobida yenggan. Pele o‘yin vaqtida atigi 17 yoshda edi va finalda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Finaldan so‘ng u futbolkani milliy jamoadagi sherigi Didaga bergan. Dida esa keyinchalik ushbu libosni Rio-de-Janeyrodagi Sport muzeyiga topshirgan.

Sotheby's kimoshdi savdosida sotilgan bu futbolka Pelega oid avvalgi rekordni yangiladi. Bungacha eng qimmat buyum uning 1958 yilgi o‘yinchi kartasi edi. U 2022 yilda 1,33 mln dollarga xarid qilingan.

Pelening libosi futbol tarixidagi eng qimmat futbolkalar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. U faqat Diyego Maradonaning 1986 yilgi mundialda Angliyaga qarshi o‘yinda kiygan va 9,28 mln dollarga sotilgan futbolkasidan keyin turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar