Judayam latofatli bo‘lgan bollivud yulduzi Katrina Kaif 43 yoshini nishonladi

Judayam latofatli bo‘lgan bollivud yulduzi Katrina Kaif 43 yoshini nishonladi

Bollivudning taniqli aktrisalaridan biri Katrina Kaif 2026 yil 16 iyul kuni 43 yoshini qarshi oldi.

Britaniyada tug‘ilgan Katrina faoliyatini dastlab model sifatida boshlagan. U kino olamiga kirib kelgan paytda hind tilini deyarli bilmagan. Shunga qaramay, aktrisa tinimsiz mehnat, qat’iyat va o‘z ustida ishlash orqali Bollivudda o‘z o‘rnini topdi.

Bugun Katrina Kaif Hindiston kinosanoatidagi eng mashhur va eng ko‘p haq oladigan aktrisalardan biri sifatida tilga olinadi. U faoliyati davomida 40 dan ortiq filmda rol ijro etgan.

Aktrisaning ekrandagi obrazlari va ijodiy yo‘li unga millionlab muxlislar e’tiborini olib keldi. Uning tug‘ilgan kuni munosabati bilan muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda tabriklar yo‘llashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar