date

X ijtimoiy tarmogʻida yangi “React with Video” funksiyasi ishga tushirildi

X ijtimoiy tarmogʻida yangi “React with Video” funksiyasi ishga tushirildi

Elon Musk egaligidagi X ijtimoiy tarmogʻi platformada fikr bildirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi “React with Video” funksiyasini taqdim etdi. Ushbu yangilik Repost tugmasiga muqobil sifatida koʻrilmoqda. Endilikda foydalanuvchilar shunchaki postni ulashish yoki Quote Post orqali matn yozish bilan cheklanib qolmay, postlarga video-reaksiya yozib qoldirishlari mumkin boʻladi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Yangi funksiya asosan kontent yaratuvchi creatorlar uchun moʻljallangan boʻlib, ular oʻz shaxsiy brendlarini boshqalarning kontentiga munosabat bildirish orqali rivojlantirishlari mumkin. X platformasining mahsulot boʻlimi rahbari Nikita Bierning taʼkidlashicha, sharhlar ijtimoiy tarmoqning eng muhim ustunlaridan biri hisoblanadi va baʼzida fikrlarni video orqali yetkazish eng samarali usuldir.

Hozirda “React with Video” funksiyasi iOS qurilmalarida mavjud, biroq kompaniya yaqin orada uni Android va veb-versiyalar uchun ham taqdim etishni vaʼda qilmoqda. Foydalanuvchilar video yozishda “green screen” (yashil fon) yoki “split screen” (ekranni boʻlish) kabi rejimlardan foydalanishlari mumkin boʻladi. Bu esa auditoriya bilan yuz ifodalari va ovoz ohangi orqali yanada yaqinroq bogʻlanish imkonini beradi.

Soʻnggi oylarda X platformasi creatorlar uchun bir qator oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Jumladan, “Paid Partnership” yorliqlari joriy etildi va Creator Subscriptions tizimi yangilandi. Shuningdek, kompaniya aprel oyida past sifatli va clickbait kontent tarqatuvchi akkauntlarga toʻlovlarni kamaytirish orqali bunday materiallarga qarshi kurashni kuchaytirdi.

Maʼlumotlarga koʻra, X foydalanuvchilari soni barqaror oʻsib bormoqda. SpaceX kompaniyasining hisobotlariga koʻra, 2026-yilning mart oyi holatiga koʻra platforma foydalanuvchilari soni 550 millionga yetgan, bu esa 2025-yil dekabridagi 520 millionlik koʻrsatkichdan sezilarli darajada koʻpdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » X ijtimoiy tarmogʻida yangi “React with Video” funksiyasi ishga tushirildi