Eventbrite va Vimeo egasi Bending Spoons IPO uchun ariza topshirdi

1 daqiqa o'qish193
Eventbrite va Vimeo egasi Bending Spoons IPO uchun ariza topshirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Italiyaning Bending Spoons ilovalar studiyasi AQShda ommaviy aksiyalar savdosiga chiqish uchun rasmiy ravishda IPO uchun ariza topshirdi.
  • Kompaniya taqdim etgan hujjatlarga koʻra, oʻtgan yili 1,31 milliard dollar daromad olgan, 2026-yilning birinchi choragida esa bu koʻrsatkich 601 million dollarni tashkil etgan.
  • Hozirda uning ilovalari boʻyicha oylik faol foydalanuvchilar soni 500 milliondan oshadi va shundan 9 millioni pullik obunachilardan iborat.

Soʻnggi yillarda Eventbrite, Vimeo va WeTransfer kabi yirik platformalarni sotib olgan Italiyaning Bending Spoons ilovalar studiyasi AQSHda ommaviy aksiyalar savdosiga (IPO) chiqish uchun rasmiy ariza topshirdi. Kompaniya joriy yozda birjaga chiqishga tayyorlanayotgan SpaceX va Anthropic kabi texnologik gigantlar safiga qoʻshilmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, uning ilovalari boʻyicha oylik faol foydalanuvchilar soni 500 milliondan oshadi, shundan 9 millioni pullik obunachilardir. Bugungi kunga qadar Bending Spoons 50 dan ortiq xaridlarni amalga oshirgan boʻlib, uning portfelidan AOL, Eventbrite, Vimeo, Komoot, WeTransfer, Evernote va Brightcove kabi mashhur servislar oʻrin olgan.

Qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasiga (SEC) taqdim etilgan hujjatlarda keltirilishicha, kompaniya yilni 1,31 milliard dollar daromad bilan yakunlagan. 2026-yilning birinchi choragida esa 601 million dollar daromad koʻrilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 132 foizga koʻpdir. Daromadning asosiy qismi, yaʼni 84 foizi obunalar hisobiga shakllanadi.

Oʻtgan yili kompaniya 11 milliard dollar qiymatida baholangan edi, biroq Reuters xabariga koʻra, IPO jarayonida Bending Spoons oʻz qiymatini 20 milliard dollarga yetkazishni koʻzlamoqda. Kompaniya aksiyadorlari orasida Baillie Gifford, Cox Enterprises, Durable Capital Partners va Fidelity kabi yirik investitsiya jamgʻarmalari mavjud.

Bending Spoons biznes modeli odatda moliyaviy holati yaxshi boʻlmagan loyihalarni sotib olish, jamoani optimallashtirish va turli obuna tizimlari orqali ularni foyda keltiruvchi biznesga aylantirishga asoslangan. 2026-yilning birinchi choragida kompaniyaning sof foydasi 27,4 million dollarni tashkil etdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?