WWDC 2026: Siri, iOS 27 va Apple Intelligence sohasidagi barcha yangiliklar

1 daqiqa o'qish1.1K
WWDC 2026: Siri, iOS 27 va Apple Intelligence sohasidagi barcha yangiliklar

Bugun Apple Park qarorgohida Apple kompaniyasining navbatdagi WWDC 2026 anjumani start oldi. Tadbir Siri ovozli yordamchisi, yangi iOS 27 operatsion tizimi va Apple Intelligence sunʼiy intellekt tizimi atrofidagi muhim eʼlonlar bilan boshlandi. Dasturchilar uchun moʻljallangan ushbu haftalik anjuman kompaniya tarixidagi eng muhim burilish nuqtalaridan biri boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Joriy yilgi tadbir bir necha sabablarga koʻra alohida ahamiyatga ega. Birinchidan, bu Tim Cook uchun bosh direktor sifatidagi soʻnggi chiqishdir; u 1-sentabrdan boshlab boshqaruvni John Ternusga topshirishini eʼlon qilgan. Ikkinchidan, Apple oʻzining sunʼiy intellekt sohasidagi kechikishlarini bartaraf etish va Google bilan hamkorlikdan soʻng Siri imkoniyatlarini tubdan yaxshilashni maqsad qilgan.

Dizayn borasida oʻtgan yilgi Liquid Glass uslubi hamma foydalanuvchilarga ham maʼqul kelmagan edi. Apple yangi estetikaga toʻliq oʻtmagan boʻlsa-da, foydalanuvchilarga interfeys elementlarini oʻz xohishiga koʻra sozlash imkonini berdi. Shuningdek, ilovalar ichidagi Liquid Glass elementlari uchun yangi, qatlamli yondashuv namoyish etildi.

Kompaniya iOS 27 tizimini "tarixdagi eng koʻp foydalanuvchini qamrab oluvchi yangilanish" deb atadi. Maʼlum qilinishicha, iPhone 11 va undan keyingi barcha modellar ushbu dasturiy taʼminotni qoʻllab-quvvatlaydi. Tizim unumdorligi ham sezilarli darajada oshgan: suratlar 70 foiz tezroq ochiladi, AirDrop orqali maʼlumot uzatish 80 foizga tezlashgan va koʻp vazifalilik rejimi uchun CPU scheduler takomillashtirilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?