Yulduz Usmonova yaxshi onami, buvimi yoki san’atkor? Xonandaning javobi (video)

Yulduz Usmonova yaxshi onami, buvimi yoki san’atkor? Xonandaning javobi (video)

O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova intervyularidan birida o‘ziga berilgan qiziqarli savollarga samimiy javob berdi. Xonandadan: “Yulduz Usmonova yaxshi onami, yaxshi buvimi yoki yaxshi san’atkormi?”, deb so‘ralganda, u o‘ziga xos hazil va samimiyat bilan fikr bildirdi.

“Menimcha, yaxshi buviman. Yomon san’atkor ham emasman, axir hanuz ijod qilyapman. Ammo meni eng ko‘p xavotirga soladigan narsa — san’at maktabi yo‘q. Maktab bo‘lmasa, haqiqiy san’atkor ham yetishmaydi. Mana shu holat meni o‘ylantiradi”, — dedi Yulduz Usmonova.

Suhbat davomida xonandaga yana: “Agar bir kun O‘zbekiston madaniyat vaziri bo‘lib qolsangiz, ishni nimadan boshlardingiz?”, degan savol ham berildi. Bunga javoban san’atkor vazirlik lavozimiga qiziqmasligini bildirib, bunday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamasligini aytdi.

“Yulduz Usmonova har kuni vazir bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tadi, hech qachon. Chunki san’atkor qolmaydi. Buni tubdan yangilash kerak”, — deya suhbatini yakunladi xonanda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar