Xitoyda mini-vertolyot halokatga uchradi: ikki sayyoh jarohatlandi

Xitoyning Sinxay provinsiyasidagi sayyohlik hududida Harbin XLI rusumli mini-vertolyot halokatga uchradi. Hodisa past balandlikda amalga oshirilayotgan parvoz vaqtida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi yaqin atrofda uchayotgan boshqa uchish apparati hosil qilgan kuchli havo oqimi girdobiga tushib qolgan. Natijada uchuvchi boshqaruvni yo‘qotgan va mini-vertolyot yerga qulagan.
Hodisa oqibatida yerda bo‘lgan ikki nafar sayyoh turli darajadagi jarohatlar olgan. Ularga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ayni paytda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda hamda halokatning aniq sabablari o‘rganilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…