Bugun Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni. Davlatimiz rahbari 69 yoshga to‘ldi

Bugun Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni. Davlatimiz rahbari 69 yoshga to‘ldi

Bugun, ya’ni 24 iyul kuni davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tavallud ayyomidir. Prezidentimiz ayni damda 69 yoshni qarshi olmoqda.

2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida saylovchilarning 88,61 foiz ovozini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. U 2016 yil 14 dekabr kuni rasman davlat rahbari sifatida o‘z vakolatlarini bajarishga kirishdi.

Zamin.uz tahririyati nomidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. Ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, kuch-g‘ayrat, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va butun O‘zbekiston xalqi baxtiga sog‘-omon bo‘lishlarini tilab qolamiz.

Ma’lumot uchun, Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tavallud topgan. U 1981 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-mexanik bo‘lib, texnika fanlari nomzodi va dots.nt ilmiy darajasiga ega.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar