7600 mAs batareya va 120 Gs ekran: Redmi Pad 2 9.7 sotuvga chiqmoqda

Xiaomi kompaniyasining yaqinda xalqaro bozorda debyut qilgan hamyonbop Redmi Pad 2 9.7 plansheti 2026-yilning 11-iyunidan boshlab sotuvga chiqariladi. Bu haqda yirik elektronika yetkazib beruvchilari va riteylerlar matbuot xizmati xabar bermoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Foydalanuvchilarga planshetning bazaviy modeli hamda 4G tarmogʻini qoʻllab-quvvatlovchi versiyasi taklif etiladi. Qurilma ikki xil rangda — grafit-kulrang va kumushrang korpuslarda taqdim etilgan. Sotuvlarning dastlabki bosqichida xaridorlar uchun maxsus chegirmali narxlar amal qilishi kutilmoqda.
Planshet 9,7 dyuymli, 2K aniqlikdagi (2048 x 1280 piksel) va 120 Gs yangilanish chastotasiga ega ekran bilan jihozlangan. Displeyning maksimal yorqinligi 600 nitni tashkil etadi, bu esa quyoshli ob-havoda ham maʼlumotlarni bemalol oʻqish imkonini beradi.
Qurilma unumdorligi uchun Snapdragon 6s 4G Gen 2 platformasi javob beradi. Shuningdek, u 8 MP asosiy va 5 MP old kameraga ega. 7600 mAs sigʻimli akkumulyator 18 W quvvatlanish texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.
Redmi Pad 2 9.7 yangi Xiaomi HyperOS 3 operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi. Qurilmaning qalinligi bor-yoʻgʻi 7,4 mm ni tashkil etib, u ixcham va zamonaviy dizaynga ega.





























Izohlar 0
…