Hindiston Starlink tarmogʻini ishga tushirishga ruxsat bermayapti

Hindiston Starlink tarmogʻini ishga tushirishga ruxsat bermayapti

Ilon Maskning Starlink sunʼiy yoʻldosh internet kompaniyasi 1,5 milliard aholiga ega Hindistonda tijoriy faoliyatini boshlash uchun ruxsatnoma olishda jiddiy toʻsiqlarga duch kelmoqda. Hindiston hukumati Yaqin Sharqdagi mojarolar fonida xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu texnologiyadan foydalanishga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Bloomberg nashrining maxfiy manbalariga koʻra, Hindiston Ichki ishlar vazirligi xavfsizlik xizmatlari Starlink uchun zarur boʻlgan yakuniy ruxsatnomalarni berishni toʻxtatib qoʻygan. Bunga Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar davrida Starlink terminallaridan litsenziyasiz foydalanilgani haqidagi xabarlar sabab boʻlgan. Nyu-Deli geosiyosiy keskinlik sharoitida Amerika operatorini nazorat qilish imkoniyatidan xavotirda.

Starlink vakillari Hindiston bozoriga kirish uchun faol ish olib borayotganliklarini va mahalliy hokimiyatning barcha talablarini bajarishga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Xususan, kompaniya maʼlumotlarni mamlakat ichida saqlash va Hindiston hududida oʻnta yer usti stansiyasini (shlyuzlarni) qurish majburiyatini olgan.

Norasmiy maʼlumotlarga koʻra, kompaniyada hali ham zarur chastota spektrini ajratish masalasi hal etilmagan. Hindiston hukumati nafaqat SpaceX loyihasiga, balki butun sunʼiy yoʻldosh aloqasi sektoriga nisbatan xavfsizlik choralarini kuchaytirgan. Starlink anʼanaviy tarmoqlar mavjud boʻlmagan hududlarda yuqori tezlikdagi internetni taʼminlovchi global tizim hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar