Telegram’da dronlar haqidagi soxta kanallar orqali yangi firibgarlik aniqlandi

1 daqiqa o'qish143
Telegram’da dronlar haqidagi soxta kanallar orqali yangi firibgarlik aniqlandi

Rossiyada Telegram foydalanuvchilarini nishonga olgan yangi koʻp bosqichli firibgarlik sxemasi aniqlandi. Kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, jinoyatchilar dronlar hujumi haqida ogohlantiruvchi soxta kanallar orqali odamlarni jalb qilib, yakunda ularning pullarini oʻzlashtirmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Sxema tuman va mahalla chatlarida "Radar" soʻzi va shahar nomi qoʻshilgan Telegram-kanallarga havolalar tarqatishdan boshlanadi. Oʻzini "qoʻshni" qilib koʻrsatuvchi shaxslar tomonidan boshqariladigan ushbu kanallar rasmiy manba koʻrinishida boʻlib, foydalanuvchilar ishonchini qozonadi. Kanalga kirgan shaxs bir nechta havolalar zanjiri boʻylab oʻtishga majburlanadi.

Navbatdagi bosqichda foydalanuvchi turli botlarga yoʻnaltiriladi. Ulardan biri goʻyoki musodara qilingan avtomobillarni sotishni taklif qilsa, boshqasi aloqa boʻlmagan joyda ham ishlovchi maxsus ogohlantirish tizimi ekanligini daʼvo qiladi. Bu harakatlardan koʻzlangan asosiy maqsad — foydalanuvchini kelgusida fishing xabarlarini yuborish uchun moʻljallangan botlarga aʼzo qilishdir.

Yakuniy bosqichda jabrlanuvchi "Rabota Rossii" davlat portali dizaynini takrorlovchi soxta saytga tushadi. U yerda tajribasiz shaxslar uchun soatiga 4000 rubl va oyiga 300 ming rublgacha masofaviy daromad vaʼda qilinadi. Toʻlovni olish uchun Telegram orqali "menejer" bilan bogʻlanish soʻraladi.

Muloqot davomida firibgarlar turli bahonalar bilan foydalanuvchidan maʼlum miqdorda toʻlov amalga oshirishni talab qiladi. Natijada, foydalanuvchi vaʼda qilingan pulni olish oʻrniga oʻz mablagʻlaridan ayriladi. Mutaxassislar shubhali havolalarga kirmaslikni va faqat rasmiy manbalarga tayanishni tavsiya etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?