NowSecure kompaniyasi tadqiqotchilari Samsung smartfonlari dasturlarining himoyalanmagan Wi-Fi aloqa orqali smartfon egasining ma’lumotlariga kirsa bo‘ladigan zaif tomonini aniqlashdi. Bu haqda CNN Money sayti'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Bu muammo 2012 yilda ishlab chiqarilgan Galaxy S3 dan boshlab, Android operasion tizimida ishlovchi Samsung`ning barcha smartfonlariga taalluqlidir. Hammasi bo‘lib bunday qurilmalardan 600 mln dona mavjud. Zaif tomon klaviatura ishiga javob beruvchi dasturda aniqlangan va undan standart klaviaturani o‘chirib qo‘yib qutulishning iloji yo‘q. Ekspertlar bu xavfning jiddiyligini 10 balldan 8,3 ballga baholashmoqda.
NowSecure`ning aytishicha, biroq bu zaiflikka kirish oson ish emas: undan foydalanish uchun qurilmaga klaviatura dasturi yangilanayotgan lahzada ulanish kerak.
Tadqiqotchilar bu muammoni 7 oy avval aniqlashgan va zudlik bilan bu haqda Samsung ga xabar berishgan. Biroq o‘shandan beri muammoni bartaraf etish uchun Samsung tomonidan hech qanday chora ko‘rilmaganligi tufayli NowSecure bu muammoni oshkor qilishga qaror qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi