Samarqand viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Ravshan Toshmurodovning «Samarkandskiy vestnik» gazetasiga bergan intervyusiga ko‘ra, yaqin kunlar ichida Samarqandda ham yo‘l harakati qoidalarini buzilganini foto va videoqaydga oluvchi tizim ishga tushiriladi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
«Xuddi Toshkentdagidek, videokuzatuv kameralari va svetoforlar yagona mexanizmga birlashtiriladi. Poytaxtdagidan bitta farqi — ushbu mexanizm uzluksiz ishlab turishi uchun shahar chorrahalariga quyosh nuridan quvvat oluvchi batereyalar o‘rnatilmoqda», — degan R.Toshmurodov o‘z intervyusida.
R.Toshmurodovning intervyuda bildirishicha, yangi tizimga ulangan svetforlarning ishchi faoliyatini optimallashtirish natijasida shahar yo‘llarning o‘tkazish qobiliyati ham oshadi. Bu esa transport vositalarining svetofor bilan tartibga solingan chorrahalarda turib qolishini 20–25 foizga qisqartirib, chiqindi gazlarning havoga uchishini 5–15 foizga, yoqilg‘i sarfini ham shunchaga kamayishiga olib keladi. O‘z-o‘zidan bu shaharning ekologik ahvoliga ijobiy ulush qo‘shadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi