Realme rekord darajadagi 8000 mAs akkumulyatorli Narzo 100x 5G smartfonini taqdim etdi

Realme rekord darajadagi 8000 mAs akkumulyatorli Narzo 100x 5G smartfonini taqdim etdi

Smartfonlar bozorida avtonomlik masalasi hamon eng dolzarb muammolardan biri boʻliib qolmoqda. Realme kompaniyasi ushbu yoʻnalishda yangi qadam tashlab, oʻzining navbatdagi hamyonbop va quvvati uzoqqa yetuvchi Narzo 100x 5G modelini rasman namoyish etdi. Qurilmaning bosh oʻziga xosligi uning ulkan sigʻimli akkumulyatori va uzoq yillik xizmat muddatidir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

ixbt.com maʻliumotiga koʻra, yangi Realme Narzo 100x 5G modeli 8000 mAs sigʻimli batareya bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchining taʻkidlashicha, ushbu quvvat smartfonning bir marta toʻliq zaryadlanishi bilan uch kungacha faol ishlashini taʻminlaydi. Eng muhimi, akkumulyator 1600 marta zaryadlash siklidan keyin ham oʻzining dastlabki sigʻimini 80 foizdan ortiq miqdorda saqlab qoladi, bu esa oʻrtacha toʻrt yillik intensiv foydalanishga tengdir.

Texnik imkoniyatlar va displey xususiyatlari

Smartfon nafaqat batareyasi, balki displey koʻrsatkichlari bilan ham diqqatga sazovor. Qurilmaga 6,8 dyuymli LCD-ekran oʻrnatilgan boʻlib, u 144 Gs yangilanish chastotasini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu esa interfeys va oʻyinlarning oʻta ravon ishlashini taʻminlaydi. Ekran yorqinligi 1200 nitga yetadi, bu esa quyoshli kunda ham maʻliumotlarni bemalol oʻqish imkonini beradi.

Narzo 100x 5G unumdorligi uchun MediaTek Dimensity 6300 protsessori masʻul etib belgilangan. Qurilma LPDDR4X operativ xotira va UFS 2.2 doimiy xotira standartlari bilan ishlaydi. Qizib ketishning oldini olish maqsadida muhandislar 5300 mm2 maydonga ega bugʻli sovutish kamerasini joriy etishgan. Shuningdek, oʻyin ixlosmandlari uchun “bypass charging” funksiyasi mavjud boʻlib, u quvvatni batareyaga emas, balki toʻgʻridan-toʻgʻri tizimga uzatadi va qizishni kamaytiradi.

Quvvatlash va qoʻshimcha funksiyalar

Smartfon 45 W quvvatga ega tezkor zaryadlash texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, u orqali boshqa gadjetlarni 27 W quvvat bilan sim orqali zaryadlash (reverse charging) mumkin. Qurilmaning korpusi 8,8 mm qalinlikda va ogʻirligi 224 grammni tashkil etadi. Bu kabi katta sigʻimli batareya uchun ushbu oʻchamlar ancha ixcham hisoblanadi.

  • Asosiy kamera: 50 Mp;
  • Old kamera: 8 Mp;
  • Himoya darajasi: IP65 (chang va suvdan himoya);
  • Operatsion tizim: Android 16 asosidagi Realme UI 7.0;
  • AI Pulse Light: Orqa paneldagi maxsus yorugʻliik indikatori.
Realme Narzo 100x 5G hozircha Hindiston bozorida sotuvga chiqdi. Uning 4/128 GB xotirali boshlangʻich varianti taxminan 245 dollar, eng yuqori 6/256 GB talqini esa 290 dollar atrofida baholanmoqda. Oʻzbekiston bozoriga ushbu model rasman kirib kelsa, u oʻzining uzoq vaqt xizmat qiluvchi batareyasi bilan kurerlar va sayohatchilar orasida katta qiziqish uygʻotishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar