date
views 6 009

Tinib-tinchimagan odamlar: "Lada" mashinasi haqiqiy robot-transformerga aylantirildi (video)

Tinib-tinchimagan odamlar: "Lada" mashinasi haqiqiy robot-transformerga aylantirildi (video)
Rossiyalik kaskadyor Gennadiy Kocherga o‘g‘li Sergey bilan Gollivudning "Transformerlar" filmidagi "Optimus Praym" nomli transformerni "Lada" avtomobili negizidagi variantini yaratdi. Rus transformeri Oryoldagi tryuklar shousida taqdim qilindi.

Kocherga o‘zi yaratgan robot-avtomobilga "Optimus Gennadevich Praymov" deb hazilomuz nom berdi. Transformer yurib ketayotganda avtomobildan robot ko‘rinishga bir necha soniyalarda aylana oladi. Mashina hattoki ikkita pulemyot bilan ham jihozlangan.

Kaskadyorning aytishicha, u transformerni yaratishda Singapurda sotib olgan o‘yinchoq avtomobildan ilhom olgan. Aynan shundan keyin kaskadyor ushbu loyihani amalga oshira boshlagan. Kocherga xuddi shu g‘oya asosida kamida yana ikkita transformer yaratmoqchi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tinib-tinchimagan odamlar: "Lada" mashinasi haqiqiy robot-transformerga aylantirildi (video)