Apple App Store’dagi kripto firibgarligi tufayli sudga tortildi

AQShda uch nafar foydalanuvchi Apple kompaniyasini App Store xavfsizlik choralariga beeʼtiborlik qilganlikda ayblab sudga berdi. Kaliforniya Shimoliy okrug sudiga taqdim etilgan daʼvo arizasiga koʻra, soxta kriptovalyuta hamyoni ilovasi tufayli jabrlanganlar jami 1,8 million dollardan ortiq mablagʻini yoʻqotgan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
ixbt.com va boshqa texnologiya nashrlari tarqatgan maʼlumotlarga tayanib aytganda, mojaro foydalanuvchilarning ishonchini suiisteʼmol qilgan soxta dasturlar tufayli kelib chiqqan. Jabrlanganlardan Jeyms Ramires taxminan 875 000 dollar, Kristofer Ellis 840 000 dollar atrofida, Jalen Delgado эса 120 000 AQSh dollari miqdoridagi mablagʻidan ayrilgan. Ular oʻz kriptovalyutalarini iOS uchun aslida mavjud boʻlmagan Sparrow Wallet ilovasining soxta nusxasiga oʻtkazib yuborishgan.
Xavfsizlik kafolatlari va raqobat muhiti
Mazkur sud ishi Apple kompaniyasining oʻz platformasini raqobatchilarnikiga qaraganda xavfsizroq deb taʼkidlab keladigan asosiy raqobat ustunligiga putur yetkazishi mumkin. Kompaniya oʻzining App Store doʻkoniga qattiq nazorat oʻrnatgani va uchinchi tomon ilovalar doʻkonlariga yoʻl qoʻymasligi orqali foydalanuvchilarni firibgarlardan himoya qilishini doim daʼvo qilib keladi.Sud daʼvosida keltirilishicha, kompaniya oʻzining marketing kampaniyalarida isteʼmolchilarga mutlaq xavfsizlik va ishonchlilikni vaʼda qiladi. Biroq mazkur holat Apple platformasidagi nazorat yetarli darajada emasligini koʻrsatib qoʻydi. Daʼvogarlar kompaniya firibgar ilovalar mavjudligini oldindan bilgan holda ularni tarqatishga yoʻl qoʻyganini daʼvo qilmoqda.
Ekspertlar tanqidi va kompaniya javobi
Asl Sparrow Bitcoin Wallet yaratuvchisi Kreyg Rou bundan avval ham Apple soxta ilovalarni oʻz vaqtida oʻchirmayotgani haqida ochiq tanqid bilan chiqqan edi. Jabrlanganlar hakamlar sudi talab qilib, yetkazilgan zararni qoplashni va App Store xavfsizlik risklari haqida aniq ogohlantirishlar berilishini talab qilmoqdalar.TechCrunch nashrining xabar berishicha, Apple mazkur sud daʼzosi boʻyicha izoh berishdan bosh tortgan, biroq oʻz xavfsizlik choralarini qattiq himoya qilgan. Kompaniya vakillarining bildirishicha, boshqa ilovalarga taqlid qiluvchi dasturlar uning qoidalarini buzadi va bunday holatlarga qarshi darhol chora koʻriladi.
Shuningdek, Apple oʻzining soʻnggi tahliliy maʼlumotlariga tayanib, 2025-yilda boshqa ilovalarni nusxalagan, spam tarqatgan yoki foydalanuvchilarni chalgʻitgan 371 mingdan ortiq ilova rad etilganini eslatib oʻtdi. Hozirda App Store’da Sparrow Wallet nusxalari qolmagani taʼkidlanmoqda.






























Izohlar 0
…