Ota 9 yoshli qiziga majburlab go‘ng yedirgani aytilmoqda

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol turmush o‘rtog‘i 9 yoshli qizini shafqatsiz tarzda jazolagani haqida ma’lum qildi. Uning aytishicha, ota qizining og‘ziga majburan tezak solgan va bu holatni o‘zi videotasvirga olgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, qiz xonadan qochib chiqishga uringaniga qaramay, ota uni qayta ichkariga olib kirib, jazoni davom ettirgan. Shuningdek, u 7 yoshli qiziga qaynoq suv olib kelishni buyurib, uni opasining og‘ziga quydirganini ham bildirgan.
Onaning ta’kidlashicha, ushbu voqea yuzasidan u mart oyidayoq videodalillar bilan Qumqo‘rg‘on tumani IIBga murojaat qilgan. Biroq oradan vaqt o‘tganiga qaramay, otaga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmaganini aytmoqda. Uning qayd etishicha, hodisadan so‘ng qiz bir necha hafta davomida ovqat yeyolmagan va tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirib, voqea bola manfaatlari nuqtayi nazaridan atroflicha o‘rganilishi hamda qonuniy choralar ko‘rilishi nazoratga olinganini ma’lum qilgan. Hozircha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yakuniy xulosa e’lon qilinmagan.






























Izohlar 0
…