Starship sinovlari muvaffaqiyatli oʻtdi, biroq issiqlik izolyatsiyasi hali tayyor emas

SpaceX kompaniyasining Starship kosmik kemasi navbatdagi sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunlab, kosmik texnologiyalar rivojida muhim qadam tashladi. Biroq kema atmosfera va suvga qoʻnish bosqichlarini bajarganiga qaramay, uni tezkor qayta uchirish yoʻlida kema qobigʻini himoya qiluvchi issiqlik izolyatsiyasi masalasi jiddiy toʻsiq boʻlib qolmoqda.
SpaceX kompaniyasining Starship kosmik kemasi oʻzining navbatdagi sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunlab, kosmik texnologiyalar rivojida muhim qadam tashladi. Biroq ixbt.com maʼlumotiga koʻra, kema atmosferaga kirish va suvga qoʻnish bosqichlarini muvaffaqiyatli bajarganiga qarammay, uni tezkor qayta uchirish yoʻlida jiddiy toʻsiq saqlanib qolmoqda — bu ham boʻlsa kema qobigʻini himoya qiluvchi issiqlik izolyatsiyasi masalasidir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
AQShning nufuzli mutaxassislari, jumladan NASA huzuridagi Eyms tadqiqot markazining sobiq muhandisi Den Raski, sobiq astronavt Charlz Kamarda va sobiq rasmiy Charlz Miller Starship kemasining Hind okeaniga qoʻnganidan keyingi kadrlarini chuqur tahlil qilishdi. Ularning xulosasiga koʻra, keramik plitalar tutashgan joylarda paydo boʻlayotgan yorugʻ yoʻllar oʻta qizib ketgan gazlarning plitalar orasiga kirib borayotganidan darak beradi.
Issiqlik muhofazasi va uning asosiy muammosi
Garchi mavjud issiqlik himoyasi oʻzining asosiy vazifasini bajarib, kemaning atmosferadan omon oʻtishini taʼminlagan boʻlsa-da, mutaxassislar ayrim plitalarda yoriqlar va shikastlanishlar borligini qayd etishdi. Muammo kemaning qaytishida emas, balki uni keyingi parvozga tayyorlash jarayonida namoyon boʻladi. Agar har bir uchishdan keyin minglab plitalarni uzoq vaqt davomida tekshirish va taʼmirlash talab qilinsa, toʻliq va tezkor koʻp martalik foydalanishga erishib boʻlmaydi.Ekspertlarning fikricha, bunday holat oʻtgan asrdagi Space Shuttle dasturini eslatib yuboradi. Oʻshanda ham issiqlik himoyasi ishlagan, biroq unga xizmat koʻrsatish jarayoni parvozlarni sekin va qimmat qilib qoʻygan edi. Garchi Starship poʻlat korpusi plitalar qisman shikastlanganda ham 800 darajagacha boʻlgan qizishga bardosh bera olsa-da, bu kema uchun qoʻshimcha zaxira taqdim etadi.
Kelajakdagi rejalar va yangi texnologiyalar zarurati
SpaceX rahbari Ilon Mask ilgariroq toʻliq koʻp martalik foydalaniladigan issiqlik himoyasini Starship loyihasining eng katta hal etilmagan muammosi deb atagan edi. Kompaniya hozirning oʻzida yangi materiallar ustida ishlamoqda, plitalar konstruksiyasi hamda ularni mahkamlash usullarini takomillashtirmoqda. Biroq tahlilchilar joriy yondashuv eskicha Space Shuttle arxitekturasining davomi ekanini taʼkidlashmoqda.Bunday arxitektura Starlink sunʼiy yoʻldoshlarini muntazam uchirish uchun yetarli boʻlishi mumkin, biroq oy va Mars dasturlari, orbital maʼlumotlar markazlari hamda kosmik quyosh stansiyalari talab qiladigan yiliga yuzlab va minglab arzon parvozlar uchun mutlaqo yangi issiqlik himoyasi texnologiyalari talab etiladi. Shu munosabat bilan ekspertlar NASA agentligini kosmik apparatlarni orbitadan qaytarish boʻyicha fundamental tadqiqotlarni qayta boshlashga chaqirmoqda, chunki bunday ilmiy izlanishlar oxirgi 30 yil davomida moliyalashtirilmagan.






























Izohlar 0
…