ChatGPT'da limitlarni pul to‘lab tiklash imkoniyati sinovdan o‘tkazilmoqda

ChatGPT'da foydalanish limitlarini qo‘shimcha to‘lov evaziga tiklash imkoniyati sinovdan o‘tkazilmoqda. Yangi funksiya hozircha foydalanuvchilarning bir qismi uchun ochilgan va bu haqda rasmiy e’lon berilmagan.
Skrinshotda limitni tiklash uchun alohida to‘lov ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, limitdan foydalanishning bir martagi sbrosi tarifga qarab turlicha narxlanadi.
Plus obunasida limitni tiklash 5 dollar, Pro 100 tarifida 25 dollar, Pro 200 tarifida 50 dollar va Pro 500 tarifida 125 dollar etib belgilangan.
Shu tariqa, foydalanuvchi navbatdagi haftalik limit yangilanishini kutmasdan, qo‘shimcha to‘lov orqali foydalanish imkoniyatini tiklashi mumkin bo‘ladi.
Ayni paytda funksiya barcha foydalanuvchilar uchun mavjud emas. Uni sinovdan o‘tkazish doirasida kimlarga taqdim etilayotgani va xizmat qachon kengroq joriy qilinishi hozircha ma’lum qilinmagan.































Izohlar 0
…