Beeline abonentlari uchun yangi texnika gipermarketida eksklyuziv ofis ochildi

Eng yirik aloqa operatori Beeline Toshkentdagi yangi Media Park maishiy gipermarketi hududida savdo va xizmat ko‘rsatish dilerlik ofisi ishga tushirilgani haqida xabar beradi.
“Biz Beeline‘ning tarmoq qoplamini kengaytirish bilan bir qatorda xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini ham kengaytirmoqdamiz, — voqeani sharhlaydi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremov. — Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatiga va servisning kelgusidagi o‘sishiga ahamiyat beradi, va men ishonaman, poytaxtdagi yirik savdo-texno-markazidagi ushbu salon mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yangi darajaga ko‘taradi”.

Salon Qoratosh ko‘chasidagi Media Park gipermarketida joylashgan va axborotli demo-zonani o‘z ichiga qamrab olgan. Abonentlar bu erda yangi raqam yoqtirishlari, maslahat olishlari, texnik qo‘llab-quvvatlanishlari, shuningek o‘zlariga maqul kelgan tarif rejasini tanlashlari, mobil interneti tezligini sinab ko‘rishlari mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing