08:20 / 02.07.2017
6 920

Isroilda elektr motorli yo‘lovchi tashish samolyotlari parvoz arafasida…

Isroilda elektr motorli yo‘lovchi tashish samolyotlari parvoz arafasida…
Isroildagi «Eviation Aircraft» kompaniyasi uchta elektr motori asosida parvoz qiluvchi yo‘lovchi tashish samolyotlarini ixtiro qilib, keng omma e’tiboriga havola etish arafasida turibdi. Ilk parvoz 2018 yil oxiriga mo‘ljallangan.

Turtuvchi havo vintlari bilan mahkamlanadigan uchta elektr motor samolyotning qanot va dum qismiga o‘rnatilgan. Motorlar samolyotga soatiga 520 kilometr tezlikda 560 kilometr yo‘lni bosib o‘tish uchun imkoniyat yaratadi. Samolyotning uzunligi 12 metrga teng. Salonida 10 nafar yo‘lovchini olib manzilga etkaza oladi.

Kelgusida bu loyiha yanada mukammallashtirilib, 2 ming kilometrgacha to‘xtamay ucha oluvchi elektr motorli samolyotlar ixtiro qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Isroilda elektr motorli yo‘lovchi tashish samolyotlari parvoz arafasida…