
Beeline O‘zbekistonning barcha hududlarida tarmoq hajmi va qamrov doirasini kengaytirishda davom etmoqda. Oyning boshidan Toshkent viloyatida uchinchi avlod tarmog‘ida ishlaydigan 20dan ziyod tayanch stansiyalarini ishga tushirdi.
Tayanch stansiyalari Toshkent viloyatining Alisher Navoiy, Qorasuv, Oq-Ota, Ko‘ksaroy, Surankent, Tolovul, Toshtug‘on, Xasanboy, Shoralisoy, Erkinlik va Yangi Qo‘rg‘on aholi punktlarida ishga tushirildi.
Tarmoq infratuzilmasining yangi ob’ektlari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Buka, Zangiota, Quyichirchiq, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tumanlarida 3G tarmog‘i doirasini kengaytirish va aloqa sifatini yaxshilashga imkon yaratdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar