14:02 / 18.07.2017
5 601

Google kompaniyasi fizigi: «ishlaydigan» kvant kompyuterini yaratishimizga yaqin qoldi

Google kompaniyasi fizigi: «ishlaydigan» kvant kompyuterini yaratishimizga yaqin qoldi
Google’ning etakchi kvant texnologi Jon Martinis o‘z laboratoriyasida o‘ta qudratli kvant kompyuteri yaratilayotgani, uning ishini oddiy kompyuterlar yordamida tekshirish mumkin emasligi haqida gapirib berdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo nashri yozmoqda.

«Biz hozirda juda kuchli hisoblash tizimini yaratishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz va hatto bu ishni boshladik. Avvalo, biz ‘kvant ustunligi’ jumbog‘ini echib, kvant kompyuterlar haqiqatan ham ‘echib bo‘lmaydigan’ vazifalarni hal eta olishini isbotlamoqchimiz, shundan so‘nggina uni amaliyotda qanday qo‘llash ustida bosh qotiramiz», — dedi Jon Martinis.

Kvant kompyuterlar qanday kutilmagan topshiriqlarni bajara olishi haqidagi savolga javob berar ekan, Jon kimyodagi kvant jarayonlarni o‘rganishni tilga oldi.

«Bu erda biz kvant hisoblash tizimlari ‘otasi’ Richard Feynman aytgan gapga qaytamiz — biz murakkab kvant muammolarni echish va murakkab kvant tizimlar xulqini tavsiflash uchun kvant kompyuterlarni yaratamiz», — dedi u.

«Rasmiy nuqtai nazardan qaraganda, bunday kompyuter ishini klassik hisoblash tizimlari yordamida tekshirib bo‘lmaydi, ammo bunday tekshiruvni kvant kompyuteri ichida yuz berayotgan narsalarni to‘liq o‘qish yordamida amalga oshirish shart emas, — dedi texnolog. — Biz shunchaki kompyuter ichidagi parallel hisoblashlar haqiqatda amalga oshayotgani, uning quvvati to‘g‘ri tarzda kubitlar soni o‘sishiga qarab ko‘payayotganiga ishonch hosil qilishimiz kerak».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google kompaniyasi fizigi: «ishlaydigan» kvant kompyuterini yaratishimizga yaqin qoldi