16:19 / 01.08.2017
5 920

Indoneziya hukumati Telegram’ga mamlakat hududida ishlashga imkon beradi

Indoneziya hukumati Telegram’ga mamlakat hududida ishlashga imkon beradi
Indoneziya kommunikasiyalar va axborot texnologiyalari vaziri Rudiantaraning ma’lum qilishicha, hukumat Telegram messenjeriga mamlakat hududida ishlashga imkon beradi, sababi kompaniya nojoiz mahsulot bilan kurash bo‘yicha kerakli qadamlarni qo‘ymoqda. Bu haqda «Assoshieyted Press» agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Agentlikning ma’lum qilishicha, Rudiantara Jakartada Telegram asoschisi Pavel Durov bilan uchrashuvdan avval, ular “Telegram’ga kirish imkonini saqlab qolishga kelishib olishgani” haqida ma’lum qildi.

Avvalroq Coconuts portali Indoneziya kommunikasiyalar va axborot texnologiyalari vazirligiga asosan mamlakat hukumati Telegram messenjerini to‘sib qo‘ygani haqida xabar bergandi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Indoneziyadagi internet foydalanuvchilari messenjerga bir necha aloqa operatorlari tarmoqlari orqali kira olmayotganliklarini payqashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Indoneziya hukumati Telegram’ga mamlakat hududida ishlashga imkon beradi