Ilon Maskning Hyperloop One transport tizimi loyihasi sinovining yangi bosqichida XP-1 yo‘lovchi kapsulasi 192 mil/soat (308,9 km/soat) tezlikka erishdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Loyiha Mask tomondan 2013 yil avgustda taqdim qilingan. Loyiha g‘oyasiga ko‘ra, yo‘lovchilar, yuklar va avtomobillarni tashiy oladigan kapsulalar aerodinamik qarshilikni kamaytirish uchun normal atmosfera bosimining mingdan biriga teng bosim ushlab turiladigan quvurlar bo‘yicha harakatlanadi.
Kapsulalarning Hyperloop tizimi quvurlarida harakatlanishining nazariy tezligi 1,2 ming km/soatni tashkil qiladi. Dunyoning turli qismlarida Hyperloop’ning bir necha “shoxchalari” mavjud va aynan Hyperloop One’da kapsulalarni soatiga 740 km tezlik bilan harakatlantirish rejalashtirilmoqda. Yaqinda o‘tkazilgan sinovlarda kapsula 308,9 km/soat tezlikka erishgan.
Sinovlar Las-Vegas yaqinidagi DevLoop sinov uchastkasida o‘tkazilgan. Kapsula quvur bo‘ylab 300 metr yurgach, uning tormoz tizimi ishga tushirilgan. Bunda DevLoop quvuridagi bosim dengiz sathidan 60,9 ming metrga etgan. Quyida sinovning barcha bosqichlarini batafsil namoyish qiluvchi video berilgan:
Sinovning keyingi bosqichlarida 250 mil/soat (402,3 km/soat) tezlikka erishish rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»