10:20 / 05.08.2017
4 916

WannaCry tovlamachi virusini to‘xtatgan xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis boshqa virusni yaratganlikda ayblanib hibsga olindi

WannaCry tovlamachi virusini to‘xtatgan xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis boshqa virusni yaratganlikda ayblanib hibsga olindi
WannaCry tovlamachi virusini to‘xtatgan xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis boshqa virusni yaratganlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda «Meduza»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

2017 yil mayida 22 yoshli britaniyalik dasturchi Markus Xatchins WannaCry virusini to‘xtatganidan so‘ng shuhrat qozondi. Bu virus butun dunyo bo‘ylab kompyuterlarni bloklab qo‘yar, so‘ng uni ochish uchun pul talab qilar edi. O‘ng minglab kompyuterlar zararlandi.

Mutaxassis virus kodida qayd qilinmagan domen so‘rovini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, agar ushbu domenni ro‘yxatdan o‘tkazsa, virus tarqalishi to‘xtar ekan, negaki domen so‘rovi muvaffaqiyatsiz yakunlanadi.

Iyul oyining oxirida Markus Xatchins Las-Vegasda bo‘lib, xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada ishtirok etdi. U erda unga katta e’tibor qaratildi: britaniyalik dasturchi jurnalistlar bilan uchrashdi, qimmatbaho mashinalarda yurdi, pulemyotdan o‘q uzib ko‘rdi, xullas, vaqtini chog‘ o‘tkazdi.

2 avgust kechki soatlarida Markus Xatchins Las-Vegas aeroportida uyiga qaytayotgan chog‘da ushlandi. U Kronos virusini yaratishda ayblandi.

Ushbu virus internet orqali xarid qilishda bank kartalari ma’lumotlarini o‘g‘irlashga ixtisoslashgan.

Ish bo‘yicha ikkinchi gumondor virusdan foydalanish va uni sotish bo‘yicha videoinstruksiya yaratishda aylanmoqda. Uning ismi oshkor etilmayapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » WannaCry tovlamachi virusini to‘xtatgan xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis boshqa virusni yaratganlikda ayblanib hibsga olindi