10:45 / 05.08.2017
6 211

Tailand hukumati Facebook va YouTube’ning provayderlariga ultimatum e’lon qildi

Tailand hukumati Facebook va YouTube’ning provayderlariga ultimatum e’lon qildi
Tailand hukumati Facebook va YouTube’ning provayderlariga mazkur kompaniyalar veb-sahifalarni blok qilish haqidagi talablarni bajarmagani uchun, ultimatum e’lon qildi. Bu haqda «RBK»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

Kompaniyalar noqonuniy kontent joylashtirilgan deb topilgan veb-sahifalarni 7 avgust, dushanba kuniga qadar o‘chirib tashlashi kerak. Agar talab bajarilmasa, YouTube, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarning Tailanddagi provayderlariga qonun bo‘yicha chora ko‘riladi, xususan, ularning lisenziyalari olib qo‘yilishi mumkin.

Tailand hukumati jami 1700 ta sahifaning o‘chirib tashlanishini talab qilmoqda.

«Mazkur internet-provayderlar Tailandda ro‘yxatdan o‘tgan hamda ular Tailand qonunlari va sudlari buyruqlariga rioya etishi zarur», — dedi Milliy radioeshittirishlar va telekommunikasiyalar komissiyasi rahbari Takorn Tantasit.

Bangkok Post nashrining taxminiga ko‘ra, hukumat mazkur talablari orqali Facebook va YouTube’ga bilvosita ta’sir o‘tkazishga urinmoqda. Avvalroq Takorn Tantasit bevosita Facebook va YouTube’ga murojaat qilib, monarxiyani haqoratlovchi veb-sahifalarni o‘chirib tashlashni talab qilgan edi, biroq bundan natija chiqmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tailand hukumati Facebook va YouTube’ning provayderlariga ultimatum e’lon qildi