11:15 / 08.08.2017
7 826

iPhone 7s Plus, nihoyat ko‘rinish berdi

iPhone 7s Plus, nihoyat ko‘rinish berdi
Taniqli 9to5Mac insayder nashri tomonidan iPhone 7s Plus flagmanining suratlari e’lon qilindi. Ularga ko‘ra, smartfonning orqa paneli shisha xomashyosidan tayyorlanadi.

Insayderlarning yozishlaricha, iPhone 7s va 7s Plus simsiz quvvat olish texnologiyasiga ega bo‘ladi. Shu bois ham, Apple yangi devayslar korpusida alyuminiydan foydalanishdan voz kechgan. Shisha korpus, shuningdek orqa korpusga antenna uchun uloq shaklidagi plastik yotqizish zaruratining ham oldini oladi va smartfonning estetik jihatdan to‘kisligiga xizmat qiladi. Korpus qolgan jihatlari bilan "ajdodi" bo‘lmish iPhone 7 Plus'ni eslatib yuboradi.

Shu bilan birga, 5,5 dyuymli iPhone 7s va 7s Plus mobil telefonlari yangi Apple A11 prosessoriga ega bo‘ladi. Uning tezkor xotira sig‘imi 4, doimiy xotirasi 64 gigabaytli bo‘ladi. iPhone maxsus dok-stansiya yordamida simsiz quvvat oladi. Smartfon IP68 guvohnomasiga ega bo‘ladi va suv-chang ta’siridan qo‘rqmaydi.

iPhone 7S va iPhone 7S Plus kuzda, iPhone 8 bilan birga taqdim qilinadi. Uning smartfon bozoriga 650 va 769 dollardan chiqarilishi kutilmoqda. Yanada ilg‘or iPhone 8'ning eng arzon talqini esa 1000-1100 dollardan sotilishi taxmin qilinmoqda.

Manba: «Terabayt.uz»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 7s Plus, nihoyat ko‘rinish berdi