19:39 / 10.08.2017
3 283

Instagram’dagi suratlarga qarab depressiyani aniqlash uchun algoritm yaratildi

Instagram’dagi suratlarga qarab depressiyani aniqlash uchun algoritm yaratildi
Psixologlar siz Instagram’ga joylaydigan suratlarga qarab paydo bo‘layotgan depressiyaning ilk alomatlarini aniqlashi mumkin, deb yozadi «Daryo» nashri.

Bir nechta asosiy belgilar bor. Katta ehtimol bilan tushkunlik yoqasida turgan foydalanuvchining fotosuratlari oq-qora va «kimsasiz» bo‘ladi, chunki ularning muallifi asta-sekinlik bilan ijtimoiy aloqalardan uzoqlashadi.

Barcha belgilar depressiyani samarali tarzda aniqlashga xizmat qilishi uchun Garvard va Vermont universitetlari olimlari ularning barchasini maxsus dasturga to‘pladi. Ta’kidlanishicha, u holatlarning 70 foizida depressiv ahvolni aniqlaydi.

Algoritmni yaratish uchun ilgari depressiyadan azob chekkan 166 foydalanuvchining 43 950 ta fotosuratidan foydalanildi.

So‘ng avvalgi tadqiqotlarning kishilar suratlarni tahrirlashda yorqinlik, to‘yinganlik va qorong‘ilik borasidagi tanlovlari haqidagi xulosalarni qo‘llagan holda, fotosuratlar tahlil qilindi.

Depressiyaga chalingan odamlar suratlarni ko‘k, qora yoki kulrang tonlarda joylashtirishga ko‘proq moyil bo‘ladi. Dastur bu alomatlarni 70 foiz hollarda aniqlashga erishdi.

Psixologlar ishonch bildirishicha, bu dastur mutaxassislarga ruhiy kasalliklar yuzaga kelishini oldindan aniqlashda yordam berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram’dagi suratlarga qarab depressiyani aniqlash uchun algoritm yaratildi