20:44 / 11.08.2017
7 158

Beeline‘ning 4G tarmog‘i Nukus, Termiz, Urganch va Xiva shaharlarida ishga tushirildi

Beeline‘ning 4G tarmog‘i Nukus, Termiz, Urganch va Xiva shaharlarida ishga tushirildi
Beeline LTE tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda va 4G Nukus, Termiz, Urganch va Xiva shaharlarida ishga tushirilgani haqida xabar beradi.

«4G standarti mobil Internetning eng faol foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan. Yangi tarmoqda ma’lumotlarni uzatish tezligi aloqaning o‘tgan avlod tarmoqlari tezligidan bir necha barobar yuqori. Ishonamizki, abonentlarimiz yangi texnologiyaning barcha imkoniyatlarini yaxshi baholaydilar», — voqeani sharhlaydi Unitelning texnik direktori Evgeniy Klyuchev.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda yuqori tezlikdagi 4G Interneti Toshkent, Angren, Andijon, Bekobod, G‘ijduvon, Jizzax, Zarafshon, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Chirchiq shaharlarida amal qiladi. Tarmoq LTE 850 (band 18 va band 5) chastotalarida ishlaydi va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlaydi. 4G tarmog‘ida ishlaydigan moslamalar ro‘yhati bilan https://beeline.uz saytida tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline‘ning 4G tarmog‘i Nukus, Termiz, Urganch va Xiva shaharlarida ishga tushirildi