YouTube «Shoshilinch yangiliklar» maxsus bo‘limini ishga tushirdi. Kompaniya shu tariqa Google'da ro‘yxatdan o‘tgan akkauntga ega kishilar uchun pleylistlarni sozlashda davom etmoqda. Google bu sahifaga yangiliklarni qanday saralayotgani (reytingga ko‘rami yoki boshqa omillarga asoslanibmi) hozircha noma’lum.
Aksariyat foydalanuvchilar uchun YouTube — bu qiziq videolarni tezda tomosha qilish mumkin bo‘lgan resurs. Shunday bo‘lsa-da, resurs ulg‘aygan sari mediaga talpinmoqda, deyiladi Techcrunch'da. Foydalanuvchilar videolari esa endilikda Facebook va Twitter'da ham keng tarqalmoqda.
Joriy yilning iyunida YouTube servisning ro‘yxatdan o‘tgan oylik auditoriyasi 1,5 milliard kishini tashkil qilishi haqida ma’lum qilgan.
«Shoshilinch yangiliklar» bo‘limining ishga tushirilishi Google'ning turli yirik yangiliklar kanallari bilan hamkorlik loyihalarini tuzishga olib kelishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, bunday yagona platformaning yaratilishi Google'ning boshqa servislardan ustunligini ta’minlaydi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)