Beeline Business Bee-service xizmatini ishga tushirdi

Beeline Business Bee-service xizmatini ishga tushirdi
Beeline Business Bee-service xizmati ishga tushirilganligi haqida xabar beradi. Mazkur xizmat yordamida korporativ mijozlar hujjatlarning skanner qilingan qog‘ozli nusxalarisiz tarif rejalarini o‘zgartirishlari, qo‘shimcha xizmatlarni yoqishlari/o‘chirishlari, shuningdek abonent raqamini blok holatiga tushirishlari/chiqarishlari mumkin. Buning uchun 0628@beeline.uz elektron manziliga so‘rov yuborish lozim.

Elektron so‘rovlar har kuni soat 9:00dan 22:00gacha umumiy navbat tartibida ko‘rib chiqiladi. 22:00dan keyin yuborilgan so‘rovlar undan keyingi kunda ko‘rib chiqiladi. Xizmatni yoqtirish uchun Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limida qo‘shimcha bitim imzolash, shuningdek so‘rovlar amalga oshiriladigan elektron manzilni ko‘rsatish lozim.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar