iPhone'ga ulanadigan ustara sotuvga chiqdi

iPhone'ga ulanadigan ustara sotuvga chiqdi
iPhone yordamida soqolni qirtishlash tushingizga ham kirmagan bo‘lsa kerak. Biroq, yaponlar mana shunaqa ajoyib ishlanmani ixtiro qilishdi, deb yozmoqda «Terabayt» nashri.

iPhone uchun jahondagi ilk ustara

Yaponiyaning har xil gadjet va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Sanko kompaniyasi kechagina ixchamgina elektr ustarani sotuvga chiqardi. Bu gadjet lightning porti yordamida iPhone telefoniga ulanadi. Ustarada birgina aylanuvchi tig‘ bo‘lib, "yapon sifati" uning faoliyatida ham o‘zini oqlaydi.
iPhone'ga ulanadigan ustara sotuvga chiqdi
Narx-navo

Hozircha bu ustara Yaponiyada 9 dollardan sotilmoqda. U haqida xabar topgan xitoylik "shovvoz" ishlab chiqaruvchilar tez orada xuddi shunday gadjetni tayyorlab, yarim bahosida AliExpress platformasiga joylashtirib qo‘yishlariga shubha yo‘q.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar