Beeline - ICTExpo 2015‘da “Yoshlar tanlovi”


Beeline ICTExpo 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi natijalari haqida xabar beradi. AKT sohasida yilning asosiy voqeasi natijalariga ko‘ra tashkilotchilar tomonidan kompaniya “Yoshlar tanlovi” nufuzli nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi va bu brendning innovatsionligi va mijozlarga bo‘lgan moyilligini to‘liq aks ettiradi.
“Bu yili Beeline stendining asosiy mohiyati «Smartfonlar uchun eng zo‘r operator!” shiori bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida ko‘rgazma jarayoniga bo‘lgan yangi yondashuvni ko‘rsatadi, – belgiladi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov. – Ekspozitsiya mehmonlari O‘zbekiston uchun noyob bo‘lgan, eng yangi mobil ilovalar bilan tanishdilar, shuningdek qator tanlovlarda ishtirok etdilar. O‘ylayman-ki, ekspert va OAVning ekspozitsiyamizga bo‘lgan misli ko‘rilmgan e’tibori hamda ICTExpo‘ning hamma ish kunida yoshlarning katta oqimi aynan shu bilan izohlanadi. Shu uch kun ichida o‘z mehnati, faolligi yoki, hatto, o‘zining mehmon sifatidagi tashrifi bilan takrorlanmas bayram muhitini yaratishga yordam bergan barcha ishtirokchilarga rahmat!”
Eslatib o‘tamiz, butun ko‘rgazma poviloni bo‘yicha bepul WiFi-maydoncha tashkil etilib, unda barcha istovchilar o‘z smartfonlariga ko‘rgazmada kompaniya tomonidan taqdim etilgan innovatsion mobil ilovalarni o‘rnatish va sinab ko‘rish, shuningdek o‘zlarining yorqin va qiziqarli fotosuratlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tafsilotlar va fotosuratlar - https://www.facebook.com/beeline.uz































Izohlar 0
…