Instagram’da foydalanuvchilar izohlarini cheklash funksiyasi paydo bo‘ldi. Uning sozlamalarida to‘rtta variant mavjud: «barcha izoh qoldirishi mumkin», «faqatgina men obuna bo‘lganlar», «faqatgina obunachilarim» va «men obuna bo‘lganlar va mening obunachilarim», deb xabar berdi TJournal.
Bunga qadar ochiq profillarga barcha izoh qoldirishi mumkin edi. Yopiq akkauntlardagi suratlarni va izohlarni begona odam oldingidek ko‘ra olmaydi.
Bundan tashqari, begona odamlarning izohlarini bloklash funksiyasi ham paydo bo‘ldi. Bloklangan foydalanuvchining izohlarini faqatgina uning o‘zi ko‘ra olishi mumkin, shuningdek, muallif o‘zining bloklanganini bilmaydi ham.
Shuningdek, Instagram rahbariyati to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyalar uchun anonim murojaat qilish tugmasini qo‘shdi. Foydalanuvchilar qo‘llab-quvvatlashga muhtoj insonni ko‘rsalar, servis ma’muriyatiga murojaat qilishlari mumkin. Unga maslahat olish, ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish yoki maslahat so‘rash taklif etiladi.
25 sentyabr kuni Instagram foydalanuvchilari yarim yil ichida 100 millionga ortdi va hozirda ijtimoiy tarmoqning oylik foydalanuvchilari soni 800 millionga yetdi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi