20:47 / 02.10.2017
12 544

O‘zbekistonda yangi «Oson» nomli to‘lov tizimi ishga tushdi

O‘zbekistonda yangi «Oson» nomli to‘lov tizimi ishga tushdi
Yurtimizda 28 sentyabrdan yangi – OSON to‘lov tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi.

Mazkur to‘lov tizimi Brio Group tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda har bir ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga QR-kod beriladi. Ushbu to‘lov tizimi orqali shahar telefoni va uyali aloqa, kommunal hamda tijorat xizmatlari, internet, kabelli televideniye va bosha xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoni mavjud.

OSON to‘lov tizimiga cheklanmagan miqdorda kartalarni qo‘shish, har biridagi mablag‘lar haqida ma’lumot olish, kimga va qancha to‘lov o‘tkazganini aniq bilish va xabardor bo‘lish, cheklarni elektron ko‘rinishda xotirada saqlab qo‘yish, zarur bo‘lganda ma’lumotni qog‘ozga bosib chiqarish kabi imkoniyatlar taqdim etiladi.

Tizim foydalanuvchisi bo‘lish uchun unga mobil telefon raqamini kiritish va parol o‘rnatish lozim bo‘ladi. Tizimga kirish uchun 4 ta raqamni kiritish kifoya. Yoki Touch ID’dan foydalanib, tezroq ro‘yxatdan o‘tish ham mumkin.

To‘lov terminali bo‘lmagan yoki ishlamagan paytda xizmatlar va xaridlar uchun Oson mobil ilovasi va QR-kodi yordamida to‘lash mumkin. Karta yo‘qotib qo‘yilganda, foydalanuvchi uni darhol bloklay oladi.

Batafsil ma’lumotni tizim saytidan olish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda yangi «Oson» nomli to‘lov tizimi ishga tushdi