11:43 / 04.10.2017
7 700

«Malika» da yangi «iPhone» qutisidan «iPhone» telefon o‘rniga xo‘jalik sovuni chiqdi (Video)

«Malika» da yangi «iPhone» qutisidan «iPhone» telefon o‘rniga xo‘jalik sovuni chiqdi (Video)
Hozirgi kunga kelib dunyo bo‘yicha 5 milliard odam uyali telefondan foydalanib kelmoqda. Shuning uchun ham bu texnika vositalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bozori chaqqon, shu bilan birga ular yangicha ko‘rinishdagi uyali telefon markalarini yaratishda ilg‘or.

Kundalik hayotimizda keng imkoniyatlar yaratib beruvchi ushbu texnika vositalari bilan savdo qiluvchi bozorlar ham talaygina. Shulardan biri poytaxtimizdagi «Malika» savdo majmuasi bo‘lib, yaqinda u yerda kutilmagan holat yuz berdi.

«iPhone» rusumli telefon qutisidan «iPhone» telefon o‘rniga xo‘jalik sovuni chiqdi. Ajablanarlisi shundaki, bir emas, bir nechta yangi ochilmagan telefon qutilarda bu hol takrorlangan. Voqea joyida suratga olingan video orqali buni guvohi bo‘lish mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Malika» da yangi «iPhone» qutisidan «iPhone» telefon o‘rniga xo‘jalik sovuni chiqdi (Video)