O‘zbekistonda TAS-IX’ga muqobil tarmoqni yaratishni rejalashtirishmoqda, deb yozadi Daryo. Natijada internet-kontentni ishlab chiqarish daromadli ishga aylanishi va Internet foydalanuvchilari uchun yangi manfaatli tariflar paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Nashr eslatishicha, 2017 yil 14 avgustda qabul qilingan «Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2017—2019 yillarga mo‘ljallangan dastur tasdiqlangan edi.
Hujjatda Internetning milliy segmentida trafik bilan ayirboshlashning yangi piring tarmog‘ini yaratish ko‘zda tutilgan, u operatorlar, provayderlar va kontent ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida yangi mexanizmlarni joriy qilishni nazarda tutadi. Texnik loyihani amalga oshirish bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O‘zbektelekom» AK, O‘zbekiston telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari shug‘ullanmoqda.
Yangi piring tarmog‘i 2004 yildan buyon ishlab kelayotgan amaldagi TAS-IX piring tarmog‘ining muqobili bo‘ladi deb hisoblab, loyihani «TAS-IX 2» yoki «pulli TAS-IX» deb ham atashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi