23:03 / 09.10.2017
8 841

Haydovchilar uchun “Kamera Bor” ilovasi ishlab chiqildi

Haydovchilar uchun “Kamera Bor” ilovasi ishlab chiqildi
Ilovada Toshkent, Toshkent viloyati va butun O‘zbekiston Respublikasi xaritasi mavjud. SAB LAB LLC tomonidan yaratilgan Kamera Bor Android-ilovasi haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga va jarima to‘lashdan qutulishga yordam beradi.

Ushbu ilova avtomobil harakatlanishi bo‘ylab joylashtirilgan video-qayd qilish kameralarinigina emas, balki kamera turi, ungacha bo‘lgan masofa, mashina harakatlanishi tezligi va cheklovlarni ham ko‘rsatadi.

Haydovchi ilova yordamida kameragacha bo‘lgan masofani belgilagach, belgilangan vaqtda ogohlantirish oladi. Ilovada signallarning bir nechta turi ko‘zda tutilgan: ovozli, biper, vibratsiya yoki stroboskop rejimi.

Ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston ko‘chalaridagi barcha kameralar haqida ma’lumot kiritilgan bo‘lishiga qaramay, Kamera Bor ilovasi faqatgina ishlayotgan kameralar haqida ogohlantiradi.

Ma’lumotlar bazasi yangilanib turadi. Ilova internetga ulanishni talab etmaydi.

Kamera Bor ilovasi shuningdek, antiradar va xarita rejimida ham ishlay oladi. Ilovada Toshkent, Toshkent viloyati va butun O‘zbekiston Respublikasi xaritasi mavjud.

Ilovani yuklab olish uchun Android 4.0 yoki undan keyin chiqqan versiyalar talab etiladi. Kamera Bor dasturini bepul yuklab olish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Haydovchilar uchun “Kamera Bor” ilovasi ishlab chiqildi