Xitoylik tibbiyot xodimlari soha rivoji uchun yuqori texnologiyalardan foydalanishning yana bir bosqichini amaliyotga tatbiq etdi. Bu haqda «Ictnews»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Xitoydagi Beyhang va to‘rtinchi harbiy-tibbiy universitetlari hamkorligida yaratilgan robot-stomatolog ilk operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Robot-stomatologning ilk operatsiyasi Sian provinsiyasida 2017 yilning 23 sentyabr kuni o‘tkazildi.
Robot tomonidan bemorga printerda chop qilingan ikkita sun’iy tish o‘rnatildi. Operatsiya bir soat davom etdi. Jarrohlik amaliyoti paytida robotning ishini stomatolog-jarrohlar kuzatib turdi, biroq ular jarayonda ishtirok etmadi.
Robot-stomatologning ish jarayonidagi ustunlik jihati o‘ta aniqlik hisoblanadi. Odatda, stomatologlar bemorning tishini davolayotganida ularga og‘iz bo‘shlig‘i yetarli darajada yoritilmasligi tufayli yaxshi ko‘rinmasligi mumkin. Robot esa o‘z tajribasida bunday qiyinchiliklarga duch kelmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 400 million xitoyliklar stomatologiya xizmatlariga ehtiyoj sezadi. Malakali stomatologlarning yetishmasligi tufayli har yili millionlab implantant operatsiyalari o‘tkaziladi. Operatsiyalar yuqori darajada o‘tkazilmaganidan bemorlarda ko‘plab asoratlar rivojlanadi.
Robot-jarrohlarning yaratilishi stomatologiya xizmatlari sifatining o‘sishiga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi