06:32 / 27.10.2017
4 722

iPhone sizni zimdan kuzatadimi?

iOS'dagi barcha ilovalar odatda foydalanuvchidan suratlarga, kamera va joylashuvni aniqlash funksiyasiga kirishga ruxsat so‘raydi. Biroq Google muhandislaridan biri iPhone'ning old yoki orqa kameralaridan zimdan suratga olish imkonini beruvchi ilovani ishlab chiqishning uddasidan chiqdi. Bu haqda «Hi-Tech»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, har qanday ilova, masalan, ilovada suratga olish uchun kameraga kirishga ruxsat so‘raydi, keyin esa u sizni ogohlantirmay istagancha suratga olishi mumkin bo‘ladi.
iPhone sizni zimdan kuzatadimi?
Dastur messenjer avatariga surat qo‘yish uchun kameraga kirishga ruxsat so‘raydi. Shundan keyin u hech narsa bo‘lmagandek, siz hatto xayolingizga ham keltirmay, ilovada ishlayotgan paytingizda surat va videoga olishda davom etaveradi. Siz ilovani yopmaguningizga qadar u sizni tasvirga olishda davom etadi. Quyidagi videoda uning qanday ishlashini ko‘rishingiz mumkin:

Bundan tashqari, josus tizimga yuzdan tanish va ruhiy holatni tahlil qilish tizimini ulash mumkin. Bu, masalan, o‘z mahsulotlariga fikrlarni o‘rganuvchi reklamachilarga, shuningdek minglab kompaniyalar tarafdorlariga kerak bo‘ladi. Masalan, Uber o‘z vaqtida iPhone foydalanuvchilarini kuzatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone sizni zimdan kuzatadimi?