21:41 / 27.10.2017
17 132

UzAuto’da Turkiyaning harbiy mashinasi ishlab chiqariladi

UzAuto’da Turkiyaning harbiy mashinasi ishlab chiqariladi
O‘zbekistonning UzAuto kompaniyasi Turkiyaning yirik harbiy texnika ishlab chiqaruvchi NMS (Nurol Makina ve Sanayi) kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzoladi.

Memorandumda yiliga ming donagacha miqdorda Ejder Yalçın 4x4 (Ejder Yalchin) rusumidagi taktik zirxli mashinalarini O‘zbekistondagi zavodda ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Xabarda aytilishicha, ishlab chiqarilgan zirxli mashinalarning 24 donasi O‘zbekistonda qoladi, qolganlari esa Turkiyaga jo‘natiladi.

Ejder Yalçın zirxli mashinasi ushbu turdagi Rossiya va Xitoy zirxli mashinalari bilan tenglasha oladi. Turkiya mashinalari xorijdagi hech bir ishlab chiqaruvchi ega bo‘lmagan himoya tizimiga egaligi bilan ajralib turishi aytilgan.

Ushbu mashinalar 14 tonna vaznga ega bo‘lib, 4 tonna yuk ko‘tara oladi. Yuqori tezligi soatiga 120 kilometrni tashkil etib, dvigatel kuchi 375 ot kuchini tashkil etadi. Yoqilg‘i quyish sig‘imi 700 km ga yetarli.

Ushbu mashinalar aloqa, hujum, oddiy transport vositasi sifatida foydalaniladigan modifikatsiyalariga ega.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida Turkiya Mudofaa vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

Uchrashuvda iyun oyida yengil zirhlangan avtomobillar kompaniyasi “Nurol” tomonidan ishlab chiqarilgan “EJDER 4x4” rusumidagi harbiy transport vositalari O‘zbekiston sharoitida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgani hamda o‘nlab shu rusmdagi harbiy transport vositalarini harid qilish, ushbu modeldagi avtomobillarni Turkiya tomon sarmoyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari o‘rganilayotgani xabar qiligan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UzAuto’da Turkiyaning harbiy mashinasi ishlab chiqariladi